Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Biz haqimizda

Korxona to'g'risida

 

 

              Bugungi kunda «Farg'onaazot» aksiyadorlik jamiyati “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Zavod mahsulotlari nafaqat respublikamiz qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qondiradi, balki chet mamlakatlarga eksport qilinadigan xaridorgir mahsulot hisoblanadi.

Ma'lumki, Farg’ona vodiysi o’sha davrlarda O’zbekiston qishloq xo’jaligining asosiy sohasi – paxtachilik bo’yicha yetakchi o’rinda turar edi. Sug’oriladigan va paxta yetishtiriladigan asosiy maydonlar vodiyda joylashgan bo’lib, bu sohani yanada rivojlantirish, vodiyning poyonsiz bog’larida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar hosildorligini oshirish uchun yerning quvvatiga quvvat qo’shadigan mineral o’g’itlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish talab etilar edi. Shunday qilib, “Farg’ona azotli o’g’itlar zavodi” kuchli hayotiy ehtiyoj tufayli dunyoga keldi. Korxonamiz jamoasi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan taraqqiyot tamoyillariga amal qilib, o’tish davrining barcha qiyinchiliklariga bardosh berdi. Bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tish, mulk shaklini o’zgartirib, korxonani aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kabi tub iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Oldimizda korxonani yanada takomillashtirish, davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni o’zlashtirish, jahon standartlariga mos, raqobatbardosh, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, ularning hajmi va sifatini yanada yaxshilashdek muhim vazifalar turibdi. Bunday keng ko’lamli rejalarni ro’yobga chiqarish uchun jamoamizda tajriba va imkoniyat, bilim va sabot, kuch-g’ayrat yetarli. Bosib o’tilgan yarim asrlik shonli yo’l davomida matonatli kishilar mehnati bilan qo’lga kiritilgan obro’-e'tiborni saqlab qolish, yaxshi an'analarni davom ettirish bugungi avlodning muqaddas burchidir.

Korxona tarixi
Rahbariyat
Aloqa
Bo'sh o'rinlar ma'lumoti
Bizga yozing
Qimmatli qog'ozlar
Qabul kunlari
Korxona tizimi

 

Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru