Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Korxona to'g'risida \ Korxona tarixi

Korxona tarixi

        1958 yili Farg’onada azotli o’g’itlar ishlab chiqaradigan zavod qurish haqida hukumat qarori qabul qilindi va astoydil mehnat tufayli 1962 yil sentyabr oyida birinchi mahsulot – ammiakli selitra ishlab chiqarildi.

         Shundan buyon 50 yil – yarim asr vaqt o’tdi. Bu yillar chinakam qizg’in va fidokorona mehnat yillari, buyuk yaratuvchilik, tinmay izlanish, o’rganish va yuksalish yillari bo’ldi.

Bugungi kunda «Farg’onaazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati “O’zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi. Zavod mahsulotlari nafaqat respublikamiz qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qondiradi, balki chet mamlakatlarga eksport qilinadigan xaridorgir mahsulot hisoblanadi.

         Ayniqsa, mustaqillik yillarida korxona har jihatdan o’sdi, ulg’aydi va rivojlandi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A. Karimovning kimyo sanoatiga bo’lgan yuksak e'tibori va g’amxo’rligi tufayli yangi, zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslangan kimyo korxonalari belgilangan muddatda qad ko’tarmoqda. Mustaqillik yillarida bu yerda ekologik jihatdan jahon standartlariga to’la javob beradigan xlorat-magniy defolianti sexi mahsulot ishlab chiqara boshladi. Ammiakli selitra hamda konsentrlanmagan azot kislotasi sexlari qurilishi ham oxiriga yetkazildi va ishga tushirildi.

Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru