Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Yangiliklar \ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 30.03.2016yilgi qarorlari va farmonlarining ijro haqida.

Yangilik

« Back

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 30.03.2016yilgi qarorlari va farmonlarining ijro haqida. 04.04.2016 10:33

        O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2015yil № PF-2340 sonli qarorini va №2 Bayonnomaning 1.2 bandi (25.05.2015yilgi №02-02-11-13) va №5 Bayonnomani (03.07.2015yilgi №02-02 / 1-187) ijro etishda O'zbekiston Respublikasining Bosh Vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov tomonidan tasdiqlangan, xorijiy investorlarga davlat mulkini sotish bo'yicha tender savdolarini o'tkazish davlat komissiyasining majlisida, baholash kompaniyasi "Grand Toronton" va OAJ "Farg'onaazot" o'rtasidagi baholash shartnomasiga ko'ra hamda xalqaro baholash tashkilotlarini jalb qilgan holda, strategik xorijiy investorlar tomonidan amalga oshirish uchun 48,05% davlat aktsiyalari baholandi. 22-avgust 2015-yil № BS 0815-01 sonli baholash hisobotiga ko'ra, davlat ulushining bozor qiymati (48.05%) O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo'yicha baholash sanasida 390 548 216 500 so'm yoki 152 820 557 AQSh dollari tashkil etadi. Bugungi kunda davlat aksiyalarining 48,05%i  savdoga qo'yildi.            

        Xorijiy investorlarni AJ "Farg'onaazot"ga jalb qilish tarmoq jadvaliga ko'ra, Farg’ona viloyati MVESIvaT, TPP boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Davlat Raqobat Qo’mitasiga  rus va ingliz tillarida taqdimot materiallari berildi.  

Press Holding (Singapur) gazetasi va www.azot.uz  jamiyat veb-saytida Investitsiya takliflarini keng yoritish maqsadida taqdimot materiallari joylashtirilgan.  

"Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4720 ijro etishda.  

2015-yil 16 iyun aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlangan yangi tashkiliy jamiyat tuzilmasi ishlab chiqildi vaqabul qildi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori asosida 29.06.2015 yil №1288 / 2 sonli jamiyat qarori qabul qilindi, va shunga asosan, 1 iyuldan eskirgan bo’limlar va lavozimlarni bartaraf etuvchi yangi tashkiliy tuzilma joriy etildi.   Bir vaqtning o’zida, zamonaviy xalqaro standartlar va talablarga mos, yangi bo'limlar va lavozimlar joriy etildi.   

        Shu bilan birga, ijro organi rahbarini tayinlash qaroriga taalluqli jamiyat nizomiga tegishli o'zgarishlar kiritildi.  

        Respublika №3 sonli ischi komissiyasi rahbari D.A.Hidoyatov va O'zbekiston Respublikasi Davlat Raqobat Qo’mitasi raisi rahbarligi tomonidan, davlat ulushi aktsiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlarining, 05.14.2015 yil №02-02 / 1-187 sonli  korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish bo’yicha komissiyasining nizomi va Qarorning 3 bandiga muvofiq atestatsiyasi bo’lib o’tdi. Borodavko Oleg Anatolyevich (09.01.2015 yilgi bayonnomasi) atestatsiya natijasi bo’yicha, tanlov asosida tasdiqlangan reglamentga muvofiq marketing, savdo, xarid qlish va xalqaro hamkorlik bo’yicha direktorning bo'shagan lavozimiga tayinlandi.  

       09.10.2015 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №289 farmoyishining joriy etilishi. "Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"  "Farg’ona baholash va konsalting markazi" JCHJ baholash kompaniyasi tomonidan OAJ "O'zkimyosanoat" ustav kapitaliga 26,61% miqdorida o’tkaziladigan davlat aktivlari ulushi baholandi.  

Baholash hisobotiga ko'ra, AOJ "Farg'onaazot" ustav fondining kapitalida 26,61% miqdorida davlat ulushining bozor qiymati baholash sanasiga ko’ra 214 260 392 992 so’mni tashkil etadi.

Baholash hisoboti ekspertizasi, JChJ «Bat-Konsalting" tomonidan amalga oshirildi va ishonchli deb tasdiqlandi.  

O'zbekiston Respublikasi Davlat Raqobat Qo’mitasidan 26,61% davlat ulushi AJ "O'zkimyosanoat" ustav sarmoyasiga o'tkazish to'g'risidagi 01.12.2015 yil №81 sonli buyruq qabul qilindi.


Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru