Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Yangiliklar \ Jamoa shartnomasi harakatga tushdi.

Yangilik

« Back

Jamoa shartnomasi harakatga tushdi. 04.04.2016 10:44

        23-mart OAJ «Farg'onaazot» mehnat jamoasining matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjuman 2015-yilgi jamoa shartnomasining  natijalarini umumlashtirish hamda 2016-yil jamoa shartnomasini qabul qilinishiga bag'ishlandi. Anjuman ishtirokchilari huzurida AJ «Farg'onaazot» kengashi raisi Abdupatto Tulanovich Salijanov hamda ittifoq raisi Ruzimat Mamatkulovich Toshbekov o’z hisobotlari bilan qatnashishdi. Kengashi raisi o'z ma'ruzasida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga hamda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalardagi, siyosat islohotlariga munosib fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida kasaba uyushmalari harakatining dasturi haqida chuqur tahlil berdi.

        U jamoa shartnomasiga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi haqida, ya’ni korxonaning ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitini, ishchilar sog'lig’ini saqlash, ommaviy sportni rivojlantirish, ishchilarning professional va madaniy darajasini oshirishni yaxshilovchi ko'p qirrali faoliyati haqida so'zlab berdi. U jamoa shartnomasi ikki tomon manfaatlariga xizmat qilishini va har bir taraf o'z vazifalarini bajarish kerakligini ta'kidlab o’tdi.

        U kasaba uyushmasining ish strategiyasini tushunadigan hamda ishchilardan kelayotgan takliflarni qabul qilib, ularni amalga oshirishda yordam beruvchi rahbarlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

        Konferentsiya yakunida OAJ «Farg'onaazot» mehnat jamoasining qarori qabul qildi.


Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru