Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Ishlab chiqarish \ Mahsulotlar \ Mineral o’g’itlar \ Suyuq azotli o'g'itlar (KAS)

Suyuq azotli o'g'itlar (KAS)

         Suyuq azotli o'g'itlar (KAS) karbamid va ammiakli selitraning suvli eritmasidan iborat.

KAS eritmalari agrokimyoviy va iqtisodiy jihatdan samarador o'g'itdir va boshqa suyuq o'g'itlardan(ammiakat, ammiakli suv va suyuq ammiak)  erkin ammiak yetishmovchiligi bilan farq qiladi. KAS eritmalari tarkibida azotning nitrat, ammoniy va amid shakllari mavjud.

TSh 6.3-82: 2006
TIFTN kodlari 3102800000

          Xavfsizlik talablari: KAS yonmas, yong'in va portlash xavfidan xoli. Yonuvchan emas. Inson tanasiga ta'sir qilish darajasiga qarab, KAS 3-toifadagi xavfli moddalarga mansub.

 

Ko'rsatkich nomi

 

Markalar uchun norma 

KAS-28

KAS-32

1

Tashqi ko’rinishi

Mexanik aralashmalarsiz shaffof suyuqlik

2

Ammoniy va nitrat azot miqdorining massa ulushi,%

28,0±1,0        

32,0±1,0

3

Umumiy fosfatlarning massa ulushi,%, ichida

0,2/0,5

4

Eritmaning pH qiymati

8/9

 

 

 

          Mahsulotning qadoqlanishi: temir yo’l va avtomobil sisternalarda. 1,3,5 hajmdagi polimer shishalarga quyiladi.

          Tashilishi: yuk tashish qoidalariga muvofiq, ijaraga olingan yoki yuk jo’natuvchining temir yo’l sisternalari, shuningdek  avtomobil sisternalari orqali tashiladi.

Kafolatlangan yaroqlilik muddati - ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oy.

 

Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru