Farg'onaazot
Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish
Ishonchli hamkorlik - sifat kafolati.
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Asosiy \ Biz haqimizda \ Korxona tizimi \ Tashkiliy va huquqiy tuzilma

Tashkiliy va huquqiy tuzilma

Tashkiliy-huquqiy tuzilma        

          "Farg'onaazot" AJning tashkiliy-huquqiy tuzilmasi uch bosqichli boshqaruv tuzilmasi bo'lib, uning boshida aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi turadi.

          Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi: Kompaniyaning ijro etuvchi organida eng yuqori shaxs kompaniya boshqaruvi raisi hisoblanib, maqsad va vazifalari kuzatuv kengashi va aksiyadorlar Umumiy yig'ilishining talablariga muvofiq belgilanadi.

          Korxona boshqaruvini Jamiyatni boshqarish amalga oshirilmoqda.

Boshqaruv tarkibi quyidagilar kiradi:

- Boshqaruv raisi;

- Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari;

- Marketing, oldi-sotdi, va xalqaro hamkorlik bo’yicha direktor;

- Ishlab chiqarish bo’yicha direktor;

- Moliya bo’yicha direktor;

- Logistika bo’yicha direktor;

- Ijtimoiy va maishiy masalalar bo'yicha direktor;

- Bosh hisobchi;

- G'aznachilik va moliya xizmati boshlig'i;

- Ijtimoiy-maishiy ishlar boshqarmasi boshlig'i;

- Huquqshunos.

Kompaniyaning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshirishni ichki audit xizmati amalga oshiradi. Ichki audit xizmati Kuzatuv kengashiga bo’ysunadi.

Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosariga yuqorida qayd etilganlar bo’ysunadi.

Bosh hisobchi, g’aznachilik va moliya boshlig'i moliya direktoriga bo'ysunadi.

Ijtimoiy va maishiy masalalar bo’lim boshlig’i ijtimoiy va maishiy masalalar bo'yicha direktoriga bo’ysunadi.

Huquqshunos yuridik xizmat boshlig’iga bo’ysunadi. Yuridik xizmat boshqaruv raisiga bo’ysunadi.

 Marketing, oldi-sotdi, va xalqaro hamkorlik bo’yicha direktorning xizmati quyidagilardan iborat:

oldi-sotdini boshqarish, brend-menejment va reklami xizmati, ombor xo’jaligi.

          Ishlab chiqarish bo’yicha direktorining xizmati quyidagilardan iborat: xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini nazorat qilish xizmati; ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va mahalliylashtirish bo'limi; ilmiy-texnik rivojlantirish bo'limi; mehnat muhofazasi xizmati, mehnatni muhofaza qilish, texnik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish xizmati; bosh mexanik xizmati; bosh energetik xizmati; axborot-kommunikatsiya texnologiyalar boshqarmasi (AKT), texnik jarayonni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi va metrologiya(TJABT); sifatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatlari; bino va inshootlarni kapital qurilish va ta'mirlashni boshqarmasi; loyihalash-konstruktorlik bo’limi; texnik nazorat bo'limi; ishlab chiqarish va texnologik sexlar.

         Moliya direktori xizmatining tarkibiga quyidagilar kiradi: g’aznachilik va moliya xizmati, iqtisodiy tahlil xizmati: mehnat tashkiloti va ish haqi xizmati: shartnoma muvofiqligi bo'limi: strategik rejalashtirish va biznes, buxgalteriyani rivojlantirish bo'limi.

          Logistika bo’yicha direktorining xizmati quyidagilardan iborat: logistika xizmati, temir yo'l sexi, avtotransport sexi, avtomashinalarni gaz bilan to'ldirish stantsiyasi.\

          Tartib va xodimlar bilan ishlash bo’yicha direktorning xizmat trkibiga quyidagilar kiradi: Tartib bo’limi, harbiylashgan qo’riqlash, birinchi bo’lim, ikkinchi bo’lim, xodimlar bilan ishlash xizmati.

           Ijtimoiy va maishiy masalalar bo'yicha direktorning xizmati quyidagilardan iborat:

Ijtimoiy -maishiy masalalar va jamoatchilik bilan ishlash bo'limi, gazeta tahririyati, madaniyat saroyi, yotoqxona, bolalar sog’lomlashtirish majmuasi,  davolash-sog’lomlashtirish diagnozstika sexi, chorvachilik sexi, ma’muriy-xo’jalik bo’limi, oziq-ovqat ta’minoti sexi va xotin-qizlar kengashi.

           Boshqaruv raisiga vertikal direktorlardan tashqari quyidagilar bo’ysunadi: Istiqbolli rejalashtirish va investitsiyalar boshqarmasi, aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlarni yuritish boshqarmasi, texnik nazorat bo’limi, yuridik xizmat, fuqarolar himoyasi va favqulotda vaziyatlar xizmati, Toshkent shahar “Farg’onaazot” AJ vakolatxonasi, ofis-menejer va devonxona.                                                                                                                       

Korxonaning 01.01.2016 yil holatiga o'rtacha xodimlar soni 7 399 kishidir.

 

Toifa bo'yicha ajratilgan
 2015 yilgi xodimlar soni

 

№ t/r

Xodimlar toifasi

Ro’yxatli raqami

1.

Boshqarma xodimlari

294

2.

Ishlab chiqarish xodimlari - rahbarlar

547

3.

Ishlab chiqarish xodimlari - ishchilar

5289

4.

Mutaxassislar

676

5.

Texnik xodimlar

220

6.

Xizmat soha xodimlari

373

 

Korxona bo’yicha jami

7399

 

 

Ish tartibi:
9:00 dan 18:00 gacha
tanaffus 12:00 dan 13:00 gacha
dam olish kunlari: shanba, yakshanba
Manzil:
O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 222
Рейтинг@Mail.ru